Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, «Dinamo» jamoasi bugun Toshkentda «Bunyodkor»ga qarshi maydonga tushdi.
«Bunyodkor» futbol akademiyasi maydonida o‘tgan bahsda Vadim Abramov shogirdlari Ilyos Zeytullayev murabbiyligidagi «qaldirg‘ochlar»dan ustun keldi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda vakillarimiz hujumkor o‘yin namoyish etib, hisobni ochdi.
50-daqiqada Jaloliddin Jumaboyev uzoq masofadan yo‘llagan goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 67-daqiqada Nurullo To‘xtasinovning uzatmasidan keyin Azizbek Amonov ikkinchi golga mualliflik qildi. 80-daqiqada esa Anvarjon Hojimirzayevning pasidan keyin Azizbek Amonov navbatdagi chiroyli goli bilan dublga erishdi – 3:0.
Shu tariqa, «Dinamo» Toshkentdagi o‘rtoqlik o‘yinida mezbon jamoa ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi.
Nazorat o‘yini. Toshkent
26 mart (payshanba)
«Bunyodkor» - «Dinamo» - 0:3
Gollar: Jaloliddin Jumaboyev 50, Azizbek Amonov 67, 80.
Ma’lumot uchun, «Dinamo» Superliga 5-turida 3 aprel kuni «Xorazm» mehmoni bo‘ladi.













