Portugaliya terma jamoasi yetakchisi va Saudiya Arabistonining "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu olgan jarohatidan so‘ng safga qaytganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqda portugaliyalik forvard surat joylab, uni qisqa izoh bilan to‘ldirdi: «Qaytish yaxshi! O‘zimni yaxshi his qilyapman».
Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasining Meksika va AQSHga qarshi 29 mart hamda 1 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritilmagani ma’lum bo‘lgandi. Bunga milliy jamoa sardorining tizza orti payi jarohati sabab bo‘lgan.













