Argentina terma jamoasi o‘z chempionlik unvonini himoya qiladigan navbatdagi jahon chempionati yaqinlashmoqda. The Touchline nashriga ma’lum bo‘lishicha, «albiseleste»ning yulduz sardori Lionel Messi JCH–2026 yildagi ishtiroki 2024 yilgi Amerika Kubogidagidan ancha yaxshiroq bo‘lishiga ishonmoqda.
Hozirda Messi ancha yaxshi jismoniy holatda va yuqori motivasiyaga ega. Ta’kidlanishicha, o‘tgan Amerika Kubogida Lionel turnir boshlanishidan avval jismoniy tayyorgarlik va jarohatlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan, bu esa uning o‘yindan zavq olishiga xalaqit bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan jahon chempionati finalida Argentina Fransiyani mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.













