Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Argentina terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Mavritaniyani mag‘lub etdi

Argentina terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Mavritaniyani mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

27 martdan 28 martga o‘tar kechasi Argentina va Mavritaniya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Buenos-Ayres shahridagi «Alberto Xasinto Armando» stadionida o‘tgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘olib jamoa safida gollarga argentinalik yarim himoyachilar Enso Fernandes (unga Nauel Molina assist berdi) va Nikolas Pas mualliflik qildi.

Mehmonlar tarkibida esa yagona golni himoyachi Jordan Lefor 90+4-daqiqada kiritdi.

Argentina terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 31 mart kuni Qatar termasiga qarshi safarda o‘tkazishi kerak edi, ammo Yaqin Sharqdagi voqealar sabab uchrashuv bekor qilindi. 1 aprel kuni argentinaliklar o‘z maydonida Zambiya terma jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 04:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
28 mart 2026 yil, shanba.
Argentina — Mavritaniya - 2:1
Gollar: 1:0 — Fernandes (17), 2:0 — Pas (32), 2:1 — Lefor (90+4)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:04, 28.03.2026.
O'qildi: 2413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик