Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" chap qanot himoyasi uchun nomzodlar ro‘yxatini shakllantirdi

"Barselona" chap qanot himoyasi uchun nomzodlar ro‘yxatini shakllantirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» chap qanot himoyasi uchun yangi nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Diario Sport nashrining xabar berishicha, «ko‘k-anorranglilar»ning short-listidan «Bayer» a’zosi Alexandro Grimaldo, «Yuventus»dan Andrea Kambyaso va «Nyukasl» futbolchisi Lyuis Xoll joy olgan.

Biroq, manbaning aniqlik kiritishicha, chap qanot himoyasi uchun xarid faqat Alexandro Balde yoki Jerar Martin jamoani tark etgan taqdirdagina amalga oshiriladi.

Grimaldo 15 million yevro evaziga sotib olinishi mumkin va u «Barsa»ga qaytishga tayyor. Kambyasoning transferi esa taxminan 30 million yevroga tushadi. Lyuis Xoll Chempionlar ligasi doirasida «Nyukasl»ga qarshi kechgan so‘nggi uchrashuvlarda kataloniyaliklarda katta taassurot qoldirgan, ammo «zag‘izg‘onlar» uni qo‘yib yuborishni istamayotgani sababli angliyalik futbolchini qo‘lga kiritish qiyin kechadi.

Kiritildi: 10:25, 28.03.2026.
O'qildi: 910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик