Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Itlar qo‘shilgan chana poygasi g‘olibi 1 425 km masofani 81 soatda bosib o‘tdi

Itlar qo‘shilgan chana poygasi g‘olibi 1 425 km masofani 81 soatda bosib o‘tdi

Baho:
+ | -

Rossiyaning Kamchatka yarim orolida bo‘lib o‘tgan Beringiya-2026 itlar qo‘shilgan chana poygasida Aleksey Popov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 3,5 million rubl (qariyb 43 ming AQSH dollari) miqdoridagi mukofotga ega bo‘ldi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati xabar berdi.

“Beringiya” poygalari 1990-yildan buyon har yili Kamchatka o‘lkasida o‘tkazib kelinadi. 2025 yilda ishtirokchilar 1 322 kilometr masofani bosib o‘tgan bo‘lsa, 2026 yilgi masofa 1 425 kilometrni tashkil etdi.

“Beringiya" an’anaviy itlar qo‘shilgan chana poygasining g‘olibi va uch karra chempioni Aleksey Popov bo‘ldi. Mukofot – 3,5 million rubl”, deyiladi xabarda.

Ikkinchi o‘rinni Georgiy Shevchuk egallab, 2,5 million rubl (30 ming dollar) mukofotni qo‘lga kiritdi. Valentin Levkovskiy esa uchinchi pog‘onadan joy oldi va unga 1,5 million rubl (18,5 ming dollar) nasib etdi. Poyga g‘olibi belgilangan masofani jami 80 soat-u 49 daqiqa ichida bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:40, 29.03.2026.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик