«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa xalqaro tanaffus davrida klubda qolgan futbolchilar uchun dam olish kunlari sonini qisqartirishga qaror qildi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchilarga uch kun dam olish o‘rniga ikki kun beriladi. Murabbiy bu qarorini mavsumning so‘nggi bosqichiga tayyorgarlik jarayonida ish samaradorligini oshirish istagi bilan izohlagan.
Hozirda «Real» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 29 o‘yindan so‘ng 69 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bor. Chempionatning oxirigacha to‘qqiz tur qolganda jamoa «Barselona»dan to‘rt ochko orqada. UYEFA Chempionlar Ligasida esa «qaymoqranglilar» chorak finalga chiqib, «Bavariya»ga qarshi bahs olib boradi.













