Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Spalletti «Yuventus» rahbariyatidan beshta yangi transfer so‘radi

Spalletti «Yuventus» rahbariyatidan beshta yangi transfer so‘radi

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti mavsumlar oralig‘ida tarkibni kuchaytirishni ko‘zlamoqda. Mutaxassisning shartnomasi iyun oyida nihoyasiga yetadi, biroq yaqin orada u uzaytiriladi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, ustoz allaqachon beshta transfer maqsadini belgilab bergan: unga yangi hujumchi, top-darajadagi yarim himoyachi, qanot himoyachisi, markaziy himoyachi va tajribali darvozabon kerak.

Luchano Spalletti o‘tgan yilning kuzida Igor Tudorning o‘rnini egallab, «keksa sinyora» boshqaruviga kelgan edi. 30 turdan so‘ng jamoa A Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. 6 aprel kuni «byankonerilar» o‘z maydonlarida «Djenoa»ga qarshi bahs olib borishadi.

Kiritildi: 13:49, 29.03.2026.
O'qildi: 884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик