Mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etadigan hujumchi Muhammad Saloh Yevropada qolish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, unga mos maoshni ta’minlay oladigan klublar soni ko‘p emas. Biroq Madridning «Real», «PSJ» va «Bavariya» klublari buni uddalay oladi. Shuningdek, ushbu jamoalar kelasi yozda misrlik vingerni erkin agent sifatida qo‘shib olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.
Shu bilan birga ta’kidlanishicha, «Real», «PSJ» va «Bavariya» 33 yoshli futbolchini transfer qilish uchun ortiqcha harakat qilmaydi. Hozirgi holatda esa «barcha belgilar Salohning Saudiya Pro-ligasiga o‘tishini ko‘rsatmoqda».













