Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tonalining "MYU"ga o‘tish bo‘yicha pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Tonalining "MYU"ga o‘tish bo‘yicha pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

So‘nggi vaqtlarda matbuot «Nyukasl»ning italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonalini «Manchester Yunayted» bilan bog‘lamoqda. «Qizil iblislar» vakillari allaqachon futbolchining agentlari bilan muzokaralar o‘tkazishga ulgurdi.

Sully Talkz nashrining xabar berishicha, Tonali «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tishga tayyorligini bildirgan, biroq avval u «Nyukasl»dagi mavsumni yuqori notada yakunlab qo‘ymoqchi.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Sandro Tonalini 80 million yevroga baholamoqdalar. 25 yoshli italiyalik futbolchining «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2027/2028 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

«Manchester Yunayted» ayni damda Premyer-liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 17:26, 29.03.2026.
O'qildi: 289 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик