Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Rasman. “Tottenhem” bosh murabbiyi Igor Tudorni iste’foga chiqardi

Rasman. “Tottenhem” bosh murabbiyi Igor Tudorni iste’foga chiqardi

Baho:
+ | -

Londonning “Tottenhem” klubi bosh murabbiy Igor Tudor bilan amaldagi shartnoma o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilinganini rasman e’lon qildi. Tudor bilan birga darvozabonlar murabbiyi Tomislav Rogich va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Rikkardo Ragnachchi ham o‘z lavozimini tark etdi.

Klub rahbariyati murabbiylar shtabiga so‘nggi olti hafta davomidagi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, klub Igor Tudorga yaqin insonidan ayrilgani munosabati bilan hamdardlik izhor qildi.

Igor Tudor jamoani joriy yilning 14 fevralidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida “shporlar” 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 5 tasida mag‘lubiyatga uchradi. Hozirda jamoa 30 ochko bilan turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi va ularni xavfli zonadan bor-yo‘g‘i bir ochko ajratib turibdi.

E’tiborlisi, “Tottenhem” bir yilga qolmasdan uchinchi bor bosh murabbiyni almashtirmoqda. Bungacha klub Anjelos Postekoglu va Tomas Frank bilan ham xayrlashgan edi. Yangi bosh murabbiy nomi tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:52, 29.03.2026.
O'qildi: 1010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик