«Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Anderson hamon «Manchester Yunayted»ning qiziqishlar doirasida bo‘lib turibdi.
Jurnalist Samuel Lakxyorstning xabar berishicha, «qizil iblislar» 23 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida o‘z saflariga qo‘shib olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladilar. Qayd etilishicha, «MYU» rahbariyati ingliz xavbekini o‘zlarining asosiy maqsadi deb hisoblamoqda. «O‘rmonchilar» yulduzi uchun kurashda «Manchester Siti» bilan raqobatlashishga to‘g‘ri keladi, chunki «shaharliklar» ham bu borada jiddiy qarorga kelishgan.
Transfermarkt talqiniga ko‘ra, Elliot Andersonning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda futbolchi Premyer-liganing 31 ta uchrashuvida o‘z hisobiga ikkita gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.













