Kirish Ro'yxatdan o'tish

Niko Pas «Arsenal» taklifini rad etdi

Niko Pas «Arsenal» taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi «Komo»ning argentinalik yarim himoyachisi Niko Pasni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirdi. Bu haqda Goal portali xabar bermoqda.

«To‘pchilar» futbolchi bilan shartnoma imzolashni istashgan edi, biroq o‘yinchining rad javobini olishdi. Yarim himoyachi o‘z hozirgi klubida qolishni yoki Madridning «Real» klubiga qaytishni xohlamoqda.

21 yoshli xavbek Italiya jamoasi safida 2024 yilning avgustidan buyon to‘p surib kelmoqda. Niko va «Komo» o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Seriya Aning joriy mavsumida Pas 29 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘nta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:09, 30.03.2026.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик