FIDE tomonidan tashkil etilgan shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionligi uchun yo‘llanma beruvchi talabgorlar musobaqasida bugun 2-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Kecha g‘alaba qozongan Javohir Sindarov bugun Mattias Blyubaumga qarshi oq donalarda o‘ynadi. Tomonlar butun bahs davomida teng o‘yin namoyish etishdi va 42-yurishdan keyin durangga imzo chekishdi.
Bugungi natijadan keyin Sindarov 1,5 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Fabiano Karuana va Pragnanandha Rameshbabu hisobida 1,5 ochko mavjud.
2-turda quyidagi natijalar qayd etildi:
Rameshbabu Pragnanandha - Vey Yi - 0,5:0,5
Javohir Sindarov - Mattias Blyubaum - 0,5:0,5
Fabiano Karuana - - Anish Giri - 0,5:0,5
Andrey Yesipenko - Xikaru Nakamura - 0,5:0,5













