Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Liverpul» yulduzi «PSJ»ga qarshi ilk o‘yindayoq maydonga tushishi mumkin

«Liverpul» yulduzi «PSJ»ga qarshi ilk o‘yindayoq maydonga tushishi mumkin

Baho:
+ | -1

«Liverpul»ning shvesiyalik hujumchisi Aleksander Isak Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida «PSJ»ga qarshi kechadigan ilk uchrashuvdayoq maydonga tushishi mumkin. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, shvesiyalik futbolchi og‘ir jarohat — boldir suyagi sinishidan so‘ng deyarli to‘liq tiklanib bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, u ushbu jarohatni «Tottenxem» darvozasiga gol urayotgan vaziyatda (2:1) orttirib olgan edi.

Isak 2025 yilning yozida «Nyukasl»dan o‘tganidan so‘ng «Liverpul» a’zosiga aylangan edi. «Qizillar» ushbu futbolchi uchun «qarg‘alar»ga 145 million yevro to‘lashgan. Hujumchi joriy mavsumda hozircha 16 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

«PSJ» va «Liverpul» o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 8 aprel kuni Parijdagi «Park de Prens» arenasida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:14, 31.03.2026.
O'qildi: 931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик