Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Martines: "Ronaldu terma jamoa uchun muhim, uning fikrlash tarzi ilhomlantiradi"

Martines: "Ronaldu terma jamoa uchun muhim, uning fikrlash tarzi ilhomlantiradi"

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashi haqidagi savolga javob berdi.

"Buni aytish men uchun qiyin. Krishtianu borasida kelajakni bashorat qilmaslik kerakligini juda tez tushunib yetdim. Uning mentaliteti aql bovar qilmas darajada, u doimo bugungi kun uchun eng yaxshi holatda bo‘lishga intiladi. Agar undan so‘rasangiz, u ham shu gapni aytadi. U oldindan rejalar tuzmaydi.

Uning yumshoq to‘qimalarida jarohat borligi rost. Ehtimol, keyingi haftada u guruh mashg‘ulotlariga tayyorgarlikni boshlay oladi. Bu jiddiy muammo emas.

Krishtianu — bizning sardorimiz. U jamoaga juda katta ta’sir ko‘rsatdi va muhim rol o‘ynadi. U bilan birga Millatlar ligasida g‘olib chiqdik. Uning jamoamiz uchun ahamiyati katta: u jarima maydonchasida so‘nggi harakatlarni amalga oshiradi, raqib darvozasiga xavf soladi va hujumlarni yakunlashni biladi. Uning fikrlash tarzi juda ilhomlantiradi. U har bir kunini go‘yoki oxirgi kunidek yashaydi va mukammallikka intiladi. Buning oxiri qachon kelishini hech qachon bilmaysiz", — dedi Martines.

Kiritildi: 16:30, 31.03.2026.
O'qildi: 479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик