"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Fotomac nashrining xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining transferiga "Galatasaroy" qiziqish bildirmoqda.
Turkiya klubi futbolchining transferini shu yozda amalga oshirishni istamoqda. "Galatasaroy" prezidenti Dursun Ozbek van Deykni sotib olishni o‘zining orzusi deb hisoblaydi.
Virjil van Deyk 2018 yilda "Sautgempton"dan "Liverpul"ga 84 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning "qizillar" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda himoyachi ingliz klubi safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali van Deykning qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.













