Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Donnarummaning g‘azabi va futbolchilarning ko‘z yoshlari: Italiyaning JCHdan chiqib ketishi dramatik tus oldi

Donnarummaning g‘azabi va futbolchilarning ko‘z yoshlari: Italiyaning JCHdan chiqib ketishi dramatik tus oldi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kechgan «A» yo‘li pley-off final bosqichida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berdi (1:1, penaltilar seriyasida — 1:4). Shu tariqa, «Skuadra Adzurra» o‘z tarixida ilk bor ketma-ket uchta dunyo birinchiligini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Italiyaliklar ushbu voqeaga juda hissiyotli tarzda munosabat bildirishdi. Ko‘plab futbolchilar tiz cho‘kib, yuzlarini qo‘llari bilan to‘sgancha o‘z tuyg‘ularini yashirishga harakat qilishdi. Shuningdek, o‘yindan so‘ng italiyaliklar darvozaboni Janluidji Donnarumma Bosniya va Gersegovina vakillaridan biri bilan janjallashib ketishiga sal qoldi (mushtlashishga chog‘landi).

Hozirgi vaqtga kelib, italiyaliklar oxirgi marta 2014 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishgan. Ta’kidlash joizki, «Skuadra Adzurra» to‘rt karra Jahon chempioni hisoblanadi.

Kiritildi: 05:38, 01.04.2026.
O'qildi: 2851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик