Italiya terma jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kechgan «A» yo‘li pley-off final bosqichida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berdi (1:1, penaltilar seriyasida — 1:4). Shu tariqa, «Skuadra Adzurra» o‘z tarixida ilk bor ketma-ket uchta dunyo birinchiligini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Hozirgi vaqtga kelib, italiyaliklar oxirgi marta 2014 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishgan. O‘shanda jamoa Kosta-Rika, Urugvay va Angliya terma jamoalari joy olgan guruhdan chiqa olmagan edi. Ta’kidlash joizki, «Skuadra Adzurra» to‘rt karra Jahon chempioni hisoblanadi.
Ayni damda amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasidir. 2022 yilgi turnir finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan to‘qnash kelgan. O‘yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa Argentina terma jamoasi kuchliroq chiqqan edi (4:2).













