Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

«Yuventus» qiziqishi fonida Levandovskining kelajagiga oid pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

«Yuventus» qiziqishi fonida Levandovskining kelajagiga oid pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubi «Barselona» hujumchisi Robert Levandovskining vakillariga futbolchiga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi. Turin klubi skautlari hujumchining JCH-2026 saralashi doirasidagi Albaniyaga qarshi (2:1) kechgan pley-off yarim final o‘yinidagi harakatlarini kuzatishdi. Ushbu bahsda polshalik futbolchi gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri yozmoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Levandovski kelajagi borasida bir qarorga kelishga shoshilmayapti. U aprel oyining oxiridan oldin yakuniy to‘xtamga kelmoqchi emas. «Ko‘k-anorranglilar» 37 yoshli futbolchi bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishga tayyor, biroq buning uchun maosh sezilarli darajada kamayishi kerak. Ta’kidlanishicha, Levandovski va uning oilasi Barselonada baxtli va faoliyatini yakunlaganidan keyin ham shu yerda yashashni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda hujumchi «Barselona» tarkibida barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 05:41, 01.04.2026.
O'qildi: 539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик