Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

"Tottenxem" muxlislari Grinvudni qo‘llab-quvvatlagani uchun De Dzerbining tayinlanishini qoralashdi

"Tottenxem" muxlislari Grinvudni qo‘llab-quvvatlagani uchun De Dzerbining tayinlanishini qoralashdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" muxlislari birlashmasi (Tottenham Hotspur Supporters’ Trust) Roberto De Dzerbining klub bosh murabbiyi etib tayinlanishini qoralab chiqdi. Bunga mutaxassisning "Marsel" vingeri Meyson Grinvudni himoya qilib aytgan gaplari sabab bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2022 yilda qiz bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilishda ayblangan, biroq 2023 yilda ayblovlar olib tashlangan edi.

"Biz APLda tajribaga ega bo‘lgan murabbiylar doirasi cheklanganligini va "Tottenxem"ning quyi ligaga tushib ketish xavfi ostida turgani sababli tezkor harakat qilish zarurligini tan olsak-da, bu tayinlov jiddiy va uzoq davom etuvchi xavotirlarni keltirib chiqarmoqda. Ko‘plab muxlislar o‘z tuyg‘ulari qanchalik jiddiy ekanini yetkazish uchun bizga murojaat qilishdi. Biz bu masalalarni tayinlov e’lon qilinishidan oldin klub rahbariyati oldiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ygan edik.

Klub avvalroq ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga qarshi turishga, bunday voqealar yuzaga kelganda halol harakat qilishga va o‘z qadriyatlarini himoya qilishga tayyorligini bildirgan edi. De Dzerbining Meyson Grinvud haqidagi fikrlari keraksiz, o‘ylamay aytilgan va ko‘p sonli muxlislar uchun haqoratli bo‘ldi, shuningdek, erkaklar tomonidan zo‘ravonlikka uchragan qurbonlarni shubhasiz tashvishga soldi.

Bizningcha, bu bayonotlar barchamiz jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun birlashishimiz kerak bo‘lgan vaqtda muxlislar o‘rtasida bo‘linishni keltirib chiqaradi. Klub bizni aynan jamoa muxlislarga eng ko‘p muhtoj bo‘lgan paytda shunday holatga solib qo‘ygani tashvishlidir.

Klub va De Dzerbi klub qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlashlarini aniq va shubhasiz bayon qilishlari kerak. Bundan tashqari, bu bayonotlar amaliy ishlar, jumladan, ayollar xayriya tashkilotlari va zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi tashkilotlarni doimiy qo‘llab-quvvatlash bilan mustahkamlanishi lozim", — deyiladi muxlislarning The Touchline nashri tomonidan e’lon qilingan bayonotida.

Kiritildi: 14:38, 01.04.2026.
O'qildi: 770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик