Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Koubek - Chexiyaning jahon chempionatiga chiqishi haqida: "Ko‘zimga yosh keldi"

Koubek - Chexiyaning jahon chempionatiga chiqishi haqida: "Ko‘zimga yosh keldi"

Baho:
+ | -

Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Koubek shogirdlari jahon chempionatiga yo‘llanma olganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Hal qiluvchi bahsda chexlar Daniyani penaltilar seriyasida 3:1 hisobida mag‘lub etishdi (asosiy vaqt — 1:1, qo‘shimcha vaqtlar bilan — 2:2).

«Futbolchilar meni qo‘llarida ko‘tarib aylantirishganda ko‘zlarimga yosh keldi. Bu jamoa uchun ham, shaxsan men uchun ham eng katta muvaffaqiyatdir», — deya murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda UYEFA rasmiy sayti.

Miroslav Koubek o‘tgan yilning dekabr oyida vaqtinchalik murabbiy Yaroslav Kyostl o‘rniga Chexiya terma jamoasi jilovini o‘z qo‘liga olgan edi. Kyostl saralash bahsida Farer orollaridan uchralgan mag‘lubiyat (1:2) sabab iste’foga chiqarilgan Ivan Gashekdan so‘ng jamoani bir necha oy boshqargandi.

Chexiya 2006 yildan beri ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi. Jamoa "A" guruhida Janubiy Koreya, Janubiy Afrika Respublikasi va Meksika terma jamoalariga qarshi bahs yuritadi.

Kiritildi: 16:25, 01.04.2026.
O'qildi: 802 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик