Xorvatiya va Turkiyaning 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari o‘rtasidagi bahsda haqiqiy fojia yuz berishiga bir baxya qoldi. Mehmonlar ustozi Egemen Korkmaz o‘yinning 35-daqiqasidayoq maydonga yiqildi. U sirg‘anib ketib, boshi bilan qattiq zarba oldi. Mutaxassis uchun o‘yin shu yerda tugadi — u darhol Osiyek shahridagi (uchrashuv aynan Xorvatiya sharqidagi ushbu shaharda bo‘lib o‘tgan) shifoxonalardan biriga yotqizildi.
Murabbiysiz qolgan Turkiya jamoasi asablarini jilovlay olmadi va natijada uchta qizil kartochka olib, xorvatlardan javobsiz uchta gol o‘tkazib yubordi. Xayriyatki, hozirda Korkmaz sog‘ayib bormoqda va shifoxonani tark etishga tayyorgarlik ko‘ryapti.













