Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Shaxmat toji uchun talabgorlar turniri. Javohir Sindarov Fabiano Karuanani mag‘lub etib, yaqqol peshqadamga aylanib oldi

Shaxmat toji uchun talabgorlar turniri. Javohir Sindarov Fabiano Karuanani mag‘lub etib, yaqqol peshqadamga aylanib oldi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan Talabgorlar turnirining 4-turida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik grossmeyster ushbu turda dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri, AQSH vakili Fabiano Karuana bilan bahs olib bordi.

Oq donalarda o‘ynagan o‘zbekistonlik shaxmatchi debyutga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani ma’lum bo‘ldi. Buning evaziga Sindarov vaqt borasida juda katta ustunlikni qo‘lga kiritdi. Fabiano esa seytnotga tushib qoldi va kichik bo‘lsada xatolarga yo‘l qo‘ya boshladi. Natijada Karuana 35-yurishdan keyin o‘z mag‘lubiyatini tan oldi. Bu paytda AQSHlik shaxmatchi hisobida bor-yo‘g‘i 48-soniya vaqt qolgan edi.



Sindarov kuchli raqib ustidan qozonilgan g‘alaba tufayli o‘z ochkolari sonini 3,5 taga yetkazdi va u umumiy jadvalda yaqqol peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi. Fabiana esa 2,5 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. To‘rt nafar shaxmatchi hisobida 2,0 ochko mavjud.

Musobaqada ertaga dam olish kuni. Javohir 3-aprel kuni 5-tur doirasida Xikaru Nakamuraga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindarov jahon toji uchun o‘ynash imkoniyatini beradigan turnirda ishtirok etayotgan birinchi o‘zbek shaxmatchisi hisoblanadi. U ilk turda rossiyalik Andrey Yesipenkoni mag‘lub etgan bo‘lsa, 2-turda germaniyalik Mattias Blubaum bilan durang qayd etgan edi. Kecha, 31 mart kuni esa hindistonlik Rameshbabu Pragnanadhadan ham ustun kelgandi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:04, 01.04.2026.
O'qildi: 1628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик