Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Shvesiya guruhda so‘nggi o‘rinni egallab, Jahon chempionatiga yo‘l olgan ilk jamoa

Shvesiya guruhda so‘nggi o‘rinni egallab, Jahon chempionatiga yo‘l olgan ilk jamoa

Baho:
+ | -

Shvesiya terma jamoasi hal qiluvchi bahsda Polsha ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Polshada hakamlikdan norozilik va afsus nadomatlari avj olgan bir paytda, qiziq bir fakt oydinlashdi: shvesiyaliklar Jahon chempionatlari tarixida saralash guruhida oxirgi o‘rinni egallab turib, final bosqichiga yo‘l olgan ilk jamoaga aylandi.

Shvesiyaning bu muvaffaqiyatiga Millatlar Ligasidagi natijalari sabab bo‘ldi — aynan ushbu turnir ularga Mundial eshiklarini qayta ochib berdi. Ta’kidlash joizki, Shvesiya terma jamoasi Jahon chempionatlarining doimiy ishtirokchisi hisoblanadi va hatto finalgacha yetib borgan. Bu voqea 1958 yilda, mamlakat mezbonlik qilgan turnirda yuz bergan. Shuningdek, jamoa nisbatan yaqin o‘tmishda — 1994 yilgi chempionatda ham yarim finalga qadar yetib borgan edi.

Kiritildi: 07:32, 02.04.2026.
O'qildi: 1399 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик