Bosniyalik mashhur sobiq futbolchi Xasan Salixamidjich Italiya terma jamoasining yaqindagi muvaffaqiyatsizligi haqida fikr bildirdi.
«Skuadra adzurra» Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kechgan pley-off finalida Bosniya va Gersegovinaga mag‘lub bo‘ldi. Mundial yo‘llanmasi taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi va unda bosniyaliklar 4:1 hisobida ustun keldilar.
«Italiya futboli qiyin damlarni boshdan kechirmoqda. Men uchun bu borada «Yuventus» barometr vazifasini o‘taydi: qachonki klubda yaxshi davr bo‘lmasa, Italiya terma jamoasi ham qiyinchiliklarga duch keladi», — deya o‘z vaqtida «keksa sinyora» safida to‘p surgan Salixamidjichning so‘zlarini keltiradi Italiya OAVlari.
Italiya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor qatorasiga uchinchi Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.













