Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Aleksis Makallister o‘z sog‘lig‘i va tiklanish jarayonlarning siri haqida gapirib berdi

Aleksis Makallister o‘z sog‘lig‘i va tiklanish jarayonlarning siri haqida gapirib berdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister o‘tgan yilgi jarohatidan so‘ng o‘z sog‘lig‘i va tiklanish jarayoniga bo‘lgan munosabati qanday o‘zgargani haqida so‘zlab berdi.

«Biz Premyer-ligada g‘olib chiqdik, bu ajoyib edi. Ammo mavsum yakuniga kelib men kuchli og‘riqlarni his qilardim va o‘zimni yomon sezardim. Hatto mavsumlararo yig‘inlar boshlanganda ham hali to‘liq tiklanib ulgurmagandim», — deydi futbolchi.

Aleksisning ta’kidlashicha, qizining dunyoga kelishi uning hayot tarzini o‘zgartirishga undagan:

«Qizim tug‘ilgach, uning yonida bo‘lish uchun ko‘proq energiyaga ega bo‘lishni va o‘zimni yaxshiroq his qilishni istadim. Shundan so‘ng tanamga ko‘proq quloq sola boshladim».

Endilikda argentinalik yulduz tiklanish uchun zamonaviy vositalardan foydalanmoqda:

  • Qizil nur paneli: Bu moslama shamollashni kamaytirishga va tanada energiya ishlab chiqarishni kuchaytirishga yordam beradi.

  • Melatonin nazorati: «Kech tushganda tana tabiiy ravishda melatonin ishlab chiqarishni boshlaydi. Ammo uyda chiroqlar juda yorqin bo‘lsa, bu jarayon to‘xtab qolishi mumkin. Qizil chiroq esa uyqu sifatini yaxshilashga xizmat qiladi».

  • Maxsus botinkalar: Jismoniy holatni me’yorda ushlab turish uchun qo‘shimcha vosita.

Makallisterning aytishicha, ushbu kichik detallar unga nafaqat maydonda, balki hayotda ham katta kuch bag‘ishlamoqda.

Kiritildi: 10:31, 02.04.2026.
O'qildi: 355 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик