Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Dani Sebalyosga narx belgilandi

Dani Sebalyosga narx belgilandi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Dani Sebalyos yozgi transfer oynasida sotib yuborilishi mumkin.

Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan keyin jamoadan ketishga tayyor — u o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan «Betis» klubiga qaytishni afzal ko‘rmoqda, deya xabar beradi Diario AS nashri. «Qaymoqranglilar» tomonidan belgilangan narx seviliyaliklar uchun muammo tug‘dirishi mumkin: «Real» 29 yoshli futbolchi uchun 15 mln yevro talab qilmoqda, vaholanki uning shartnomasi kelasi yili o‘z nihoyasiga yetadi.

Transfermarkt portalida Dani Sebalyosning bozor qiymati 8 mln yevro deb ko‘rsatilgan. Joriy mavsumda yarim himoyachi Madrid grandi safida 22 ta o‘yinda ishtirok etdi, biroq samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. Futbolchi jarohati sababli fevral oyidan beri maydonga tushmayapti.

Kiritildi: 12:08, 02.04.2026.
O'qildi: 648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик