Kirish Ro'yxatdan o'tish

Golovin: "Umid qilamanki, Modrich kabi o‘ynay olaman"

Golovin: "Umid qilamanki, Modrich kabi o‘ynay olaman"

Baho:
+ | -

"Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin 29 yoshida maydonda o‘zini juda yaxshi his qilayotganini tan oldi. U hozirgi kunda futbolchilar o‘z faoliyatini avvalgiga qaraganda ancha kech yakunlayotganini ta’kidladi.

"Bu haqiqat. Men hozircha o‘zimda futbolchi sifatida qarish alomatlarini sezmayapman. Umid qilamanki, Modrich kabi uzoq vaqt yuqori darajada o‘ynay olaman, lekin bu yerda xohish ham juda muhim", — deydi Golovin.

Joriy mavsumda rossiyalik yarim himoyachi Liga 1, Fransiya Kubogi va Chempionlar Ligasi doirasidagi 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Golovinning "Monako" bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 14:52, 02.04.2026.
O'qildi: 502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик