Kirish Ro'yxatdan o'tish

Italiya terma jamoasi "Milan" murabbiyini olib ketishi mumkin

Italiya terma jamoasi "Milan" murabbiyini olib ketishi mumkin

Baho:
+ | -

JCH-2026 saralashidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, Italiya terma jamoasi bosh murabbiy Jennaro Gattuzo bilan xayrlashadi. Bu haqda Yevropa ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, "skuadra adzurra" ustozi lavozimiga asosiy nomzod sifatida Massimiliano Allegri ko‘rilmoqda. Hozirda ushbu mutaxassis "Milan" klubini boshqarmoqda.

Shuningdek, avvalroq Federasiyaning qisqa ro‘yxatidan (short-list) Antonio Konte va Roberto Manchini joy olgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 yo‘lidagi hal qiluvchi bahsda Italiya terma jamoasi Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berdi (1:1, penaltilar bo‘yicha 1:4). Shu tariqa, italiyaliklar ketma-ket uchinchi bor mundialni o‘tkazib yuborishadi.

Kiritildi: 14:58, 02.04.2026.
O'qildi: 889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик