Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

UYEFA rahbari Cheferin: "Italiyaning muammosi — siyosatchilar va futbol rahbariyati o‘rtasidagi munosabatda"

UYEFA rahbari Cheferin: "Italiyaning muammosi — siyosatchilar va futbol rahbariyati o‘rtasidagi munosabatda"

Baho:
+ | -

UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin Italiya futbolidagi muammolar nima bilan bog‘liqligini tushuntirib berdi. Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi JCH-2026 saralashi pley-off finalida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berib, ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatidan quruq qoldi.

"Ba’zi odamlarning "yashirincha" nimadir noto‘g‘ri bo‘lishini kutib turishi, keyin esa birdan paydo bo‘lib, tanqid qilishni boshlashi meni g‘azablantiradi va xafa qiladi. Ular Italiyaga emas, o‘zlariga muxlislik qilishadi. Ayting-chi, italiyalik futbolchilardan kim chaqirilishi kerak edi-yu, lekin chaqirilmadi? Futbol shunaqa narsa, hatto eng yaxshi o‘yinchilar maydonda bo‘lsa ham, har kim yutqazib qo‘yishi mumkin.

Italiya — eng buyuk futbol mamlakatlaridan biri va u albatta cho‘qqiga qaytadi. Italiya futbolining eng katta muammosi — futbol siyosati va "oddiy" siyosat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardir. Agar hamma bir-biri bilan hamkorlik qilganida, siz tez orada yana Yevropa va Jahon chempioni bo‘lgan bo‘lardingiz. Agar o‘sha odamlar shu ruhda davom etishsa, futboldagi ishlar yanada yomonlashib ketaveradi", — dedi Cheferin.

Kiritildi: 15:08, 02.04.2026.
O'qildi: 463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик