Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Valverde Superkubokda Morataga qarshi podkat haqida: "Men o‘z vazifamni bajardim"

Valverde Superkubokda Morataga qarshi podkat haqida: "Men o‘z vazifamni bajardim"

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde 2020 yilgi Ispaniya Superkubogi finalida «Atletiko»ga qarshi kechgan bahsda Alvaro Morataga nisbatan ishlatgan «podkat»ini yodga oldi.

Urugvaylik futbolchi 115-daqiqada «Real» darvozasi tomon yakkama-yakka chiqib borayotgan raqibini orqadan yiqitib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi. Yakunda «qaymoqranglilar» penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, kubokka ega chiqishgan.

«Bu bolalar uchun noto‘g‘ri o‘rnak. Ammo o‘sha lahzada jamoa uchun tavakkal qilishim kerakligini his qilganman. Maydondan chetlatilishimni bilardim. O‘shanda miyamga boshqa fikr kelmagan, lekin qilishim kerak bo‘lgan ishni qilganman.

Men faqat «Real» g‘alaba qozonishi kerakligi haqida o‘ylagandim. Men janubiy amerikalikman, biz ehtirosga to‘lamiz», — dedi Valverde Terapia Picante nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 16:29, 02.04.2026.
O'qildi: 859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик