Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Cheferin Italiyaning JCHga chiqa olmagani haqida: "Men terma jamoa o‘yinchilari va murabbiylarini ayblagan bo‘lmasdim"

Cheferin Italiyaning JCHga chiqa olmagani haqida: "Men terma jamoa o‘yinchilari va murabbiylarini ayblagan bo‘lmasdim"

Baho:
+ | -

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Italiya terma jamoasining JCH-2026 ga chiqa olmagani borasidagi shov-shuvli voqeaga munosabat bildirdi. Italiyaliklar turnirga yo‘llanma beruvchi «A» yo‘lidagi hal qiluvchi o‘tish o‘yinida Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi (1:1, penaltilar bo‘yicha 1:4).

— Italiyaning mag‘lubiyati sizni hayron qoldirdimi?

— Qaysidir ma’noda, ha. Boshqa tomondan, Bosniyaning yosh va kuchli jamoasi bor, ular o‘z uylarida o‘ynashdi. Italiyaga esa juda katta bosim o‘tkazildi. Bosniya Jahon chempionatiga borishga loyiq edi, Italiya esa chetlatishdan so‘ng o‘yinni boy berdi.

— Bunday holatlarda federasiya rahbarini aybdor deb hisoblash to‘g‘rimi?

— Sloveniya futbol ittifoqi prezidenti bo‘lgan vaqtlarimda doim murabbiyga aytardim: «Agar g‘alaba qozonsangiz, siz va futbolchilar qahramon bo‘lasizlar. Agar yutqazsangiz, ayb ikkalamizning zimmamizda qoladi». Gabriele (Gravina) mutlaqo aybdor emas, shuningdek, men na futbolchilarni, na murabbiyni ayblagan bo‘lardim. Ehtimol, italiyalik siyosatchilar nima uchun Italiyaning futbol infratuzilmasi Yevropada eng yomonlaridan biri ekani haqida o‘ylab ko‘rishlari kerakdir, — deya Cheferinning so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport nashri.

Kiritildi: 17:03, 02.04.2026.
O'qildi: 602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик