Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike "PSJ"dagi maoshi haqidagi savolga javob berdi

Luis Enrike "PSJ"dagi maoshi haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike o‘zining ish haqi borasidagi savolga javob berdi.

«Mening maoshimmi? Albatta, men dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanadigan murabbiylardan biriman. Bu meni to‘liq qanoatlantiradi», — dedi Enrike matbuot anjumanida.

Luis Enrike 2023 yilda «PSJ» boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Uning qo‘l ostida Parij klubi uch marta Fransiya Superkubogini, ikki martadan Fransiya chempionati va Fransiya Kubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoa bir martadan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokda zafar quchdi. Ispaniyalik mutaxassisning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan, biroq «PSJ» ustoz bilan yangi kelishuv imzolashni istamoqda.

Kiritildi: 17:32, 02.04.2026.
O'qildi: 772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик