Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya

Skoulz: "Italiya terma jamoalar orasidagi "Arsenal"

Skoulz: "Italiya terma jamoalar orasidagi "Arsenal"

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubining sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz qatorasiga uchinchi bor Jahon chempionatiga chiqa olmagan Italiya terma jamoasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Italiya terma jamoalar orasidagi «Arsenal»ga o‘xshab qolgan. Bu jamoaning ishtiyoqi hamon o‘tmishdagi shonli xotiralarga tayanadi. Italiya jamoasida aniq yo‘nalish yetishmayapti, u yagona tizim sifatida ishlamayapti. Hamma narsa individual harakatlarga bog‘lanib qolgan, umumiy o‘yin esa juda sust ko‘rinmoqda», — dedi Skoulz Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida.

«Bu biz 90-yillar yoki 2000-yillar boshidan eslaydigan o‘sha Italiya emas. Paolo Maldini, Fabio Kannavaro, Andrea Pirlo, Franchesko Totti yoki Janluidji Buffon kabi afsonalardagi ehtirosdan asar ham qolmagan», — deya qo‘shimcha qildi Skoulz.

Eslatib o‘tamiz, Italiya Jahon chempionatiga chiqish uchun kechgan hal qiluvchi bahsda Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.

Kiritildi: 18:07, 02.04.2026.
O'qildi: 861 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик