Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

FIFA JCH-2026 finali uchun chiptalar narxini qariyb 11 ming dollargacha oshirdi

FIFA JCH-2026 finali uchun chiptalar narxini qariyb 11 ming dollargacha oshirdi

Baho:
+ | -1

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) texnik nosozliklar tufayli to‘xtab qolgan sotuvlar qayta tiklangach, 2026 yilgi jahon chempionati finali uchun chiptalar narxini sezilarli darajada oshirdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

Qur’a tashlash marosimidan so‘ng, dekabr oyida final o‘yini uchun eng qimmat chiptalar 8 680 dollar etib belgilangan edi. Yangilangan narxlarga ko‘ra, 19 iyul kuni AQSHning Ist-Raterford shahrida bo‘lib o‘tadigan final bahsi uchun maksimal narx 10 990 dollarga yetdi.

Shuningdek, boshqa toifadagi chiptalar narxi ham ko‘tarilgan:

2-toifa: 5 575 dollardan 7 380 dollargacha;
3-toifa: 4 185 dollardan 5 785 dollargacha oshgan.

11 iyun kuni Mexikoda o‘tkaziladigan Meksika va JAR terma jamoalari o‘rtasidagi ochilish o‘yini chiptalari esa 2 985 dollardan (avval 2 355 dollar edi) sotilmoqda.

Yevropa futbol muxlislari assosiasiyasi (FSE) ushbu narxlarni “tovlamachilik” deb atadi va chiptalar sotuvini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. Tashkilot Yevropa iste’molchilar huquqlarini himoya qilish guruhi bilan birgalikda FIFA ustidan Yevrokomissiyaga shikoyat yo‘llagan. Shikoyatda tashkilot chiptalar savdosidagi monopoliyadan suiiste’mol qilayotgani ta’kidlangan.

FIFA hozircha beshinchi bosqich doirasida barcha 104 ta o‘yin uchun chiptalar to‘liq chiqarilmagani, ular bosqichma-bosqich sotuvga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, JCH—2026 tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida va uchta davlat (AQSH, Kanada, Meksika) hududida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:12, 02.04.2026.
O'qildi: 734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик