Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lyov JCH-2026 oldidan yangi ish joyi topdi

Lyov JCH-2026 oldidan yangi ish joyi topdi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov yaqin orada faoliyatini qayta tiklashi mumkin.

66 yoshli mutaxassis Gana terma jamoasi bilan kelishuvga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda Topskills Sports UK. Nemis murabbiyiga bo‘lajak Jahon chempionati yakuniga qadar mo‘ljallangan qisqa muddatli shartnoma taklif qilingan.

Yaqinda Gana milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan Otto Addo iste’foga chiqarilgan edi. Bo‘lajak mundialning guruh bosqichida afrikaliklar Panama, Angliya va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, Yoaxim Lyov 2021 yilda Germaniya terma jamoasini tark etganidan beri murabbiylik faoliyatiga qaytmagan edi. 2014 yilda u «Bundestim»ni Jahon chempionligiga yetaklab kelgan.

Kiritildi: 05:49, 03.04.2026.
O'qildi: 1741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик