Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Atletiko" va APL klublari koreyalik futbolchiga da’vogar

"Atletiko" va APL klublari koreyalik futbolchiga da’vogar

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» futbolchisi Li Kan In Madridning «Atletiko» klubi transfer maqsadlari ro‘yxatidan joy oldi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «matraschilar» sport direktori Mateu Alemani bir necha oydan beri 25 yoshli universal futbolchining transferi imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Janubiy koreyalik yarim himoyachi uchun kurashda madridliklarga Angliya Premyer-ligasi vakillari raqobat tug‘dirishi mumkin.

Transfermarkt portali Li Kan Inning qiymatini 28 million yevroga baholamoqda. Hujumkor vazifalarni bajaruvchi xavbek 2023 yilda Ispaniyaning «Malyorka» klubidan «PSJ»ga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda Luis Enrike jamoasi safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 08:14, 03.04.2026.
O'qildi: 594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик