Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lallana Klopp va De Dzerbining o‘ziga xosligi haqida gapirdi

Lallana Klopp va De Dzerbining o‘ziga xosligi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Angliyalik sobiq futbolchi Adam Lallana italiyalik mutaxassis Roberto de Dzerbi va Yurgen Klopp o‘rtasidagi o‘xshashliklarni asossiz deb hisoblamaydi. Lallana har ikki murabbiy qo‘l ostida to‘p surgan va ularning futbolga bo‘lgan cheksiz muhabbatini alohida qayd etgan.

«Men doimo ular o‘rtasida ko‘p o‘xshashliklarni ko‘rganman. Avvalo, o‘yinga bo‘lgan ishtiyoq borasida. To‘g‘ri, taktika va o‘yinni qurish uslubi jihatidan ular butunlay farq qiladi. Ammo futbolga bo‘lgan ishtiyoq masalasida ular mutlaqo bir xil», — deya Lallananing so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp 2015 yildan 2024 yilgacha «Liverpul» klubini boshqargan edi.

Kiritildi: 08:32, 03.04.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик