Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nik Voltemade tanqidchilarga javob qaytardi

Nik Voltemade tanqidchilarga javob qaytardi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» hujumchisi Nik Voltemade joriy mavsumdagi qiyinchiliklari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Germaniyalik futbolchi kam gol urayotgani uchun tanqid qilinmoqda, biroq forvardning o‘zi bu e’tirozlarni asossiz deb hisoblaydi.

«Mening inqirozim haqida gapirayotgan odamlar, aniqki, o‘yinlarni tomosha qilishmayapti. Chunki hozirgi o‘yinim mavsum boshidagidan tubdan farq qiladi. Masalan, «Chelsi»ga qarshi bahsda deyarli butun vaqtimni maydon markazida o‘tkazdim. Men qaysi zonalarda harakat qilayotganimga e’tibor qaratish lozim. Darvozadan 50-70 metr uzoqlikda o‘ynayotgan futbolchidan doimiy gollar talab qilish noto‘g‘ri», — dedi 24 yoshli futbolchi Süddeutsche Zeitung nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Nyukasl» o‘tgan yilning yozida Nik Voltemadeni «Shtutgart»dan 75 million yevro evaziga sotib olgan edi. «Qarg‘alar» safida o‘tkazgan 45 ta o‘yinida u 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:38, 03.04.2026.
O'qildi: 531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик