Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Fabio Kapello Gattuzoni himoya qildi

Fabio Kapello Gattuzoni himoya qildi

Baho:
+ | -

Taniqli sobiq murabbiy Fabio Kapelloning fikricha, Jennaro Gattuzo muvaffaqiyatsizlikka qaramay, Italiya terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirishi kerak.

Italiyaliklar ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan bo‘lishdi. JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kechgan o‘tish o‘yinlarining finalida «Skuadra Adzurra» Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi.

«Men murabbiy borasida biror qaror qabul qilishdan oldin keyingi ikki o‘yin natijasini kutgan bo‘lardim. U Luchano Spalletti ketganidan so‘ng, saralash kampaniyasi davom etayotgan bir paytda lavozimga kelganini unutmaslik lozim. Menimcha, Gattuzo bilan terma jamoa yana o‘z maqsadi va xarakterini topdi. Yuz bergan voqea juda achinarli, ammo biz birgina futbolchining oddiy xatosi uchun jazolandik», — dedi Kapello Sky Sport bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, final bahsining 41-daqiqasidayoq italiyaliklar bir kishi kam bo‘lib qolishgan edi — Alessandro Bastoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etgan.

Kiritildi: 08:42, 03.04.2026.
O'qildi: 501 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик