Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Atletiko" va "Tottenxem" bir futbolchi uchun kurash olib boradi

"Atletiko" va "Tottenxem" bir futbolchi uchun kurash olib boradi

Baho:
+ | -

«Milan» klubining chap qanot himoyachisi Pervis Estupinyan Madridning «Atletiko» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.

Ekvadorlik futbolchi o‘tgan yilning yozida Angliyaning «Brayton» klubidan ko‘chib o‘tganidan so‘ng Italiyada o‘zini ko‘rsata olmadi. Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumot berishicha, 28 yoshli o‘yinchini «matraschilar» kuzatib borishmoqda, shuningdek, lateralni sotib olish imkoniyatini «Tottenxem» ham ko‘rib chiqmoqda.

Pervis Estupinyanning o‘tgan yilgi transferi «Milan»ga 17 million yevroga tushgan edi. Hozirda esa Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 14 million yevroga baholamoqda. Taxminlarga ko‘ra, himoyachi yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sababli «rossoneri» safini mamnuniyat bilan tark etadi.

Kiritildi: 08:51, 03.04.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик