Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sancho jarohat oldi

Sancho jarohat oldi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» vinger Jeydon Sanchoning jarohati sababli jiddiy muammoga duch keldi. The Athletic nashrining xabar berishicha, «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan futbolchi Ispaniyaning «Elche» klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida safdan chiqqan.

Sancho Gonsalo Vilyar bilan to‘p uchun kurashdan so‘ng noqulay yiqilgan va tanaffusga qadar maydonni tark etgan. Yelkasidan jarohat olgan futbolchi kamida 2-3 haftani o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, suyak chiqishi kuzatilmagan, biroq bo‘g‘im bilan bog‘liq muammo aniqlangan.

Shu tariqa, Sancho birmingemliklarga Yevropa Ligasi chorak finali doirasidagi «Bolonya»ga qarshi o‘yinlarda, shuningdek, Angliya chempionatining «Nottingem Forest» bilan bahsida yordam bera olmaydi.

Kiritildi: 08:56, 03.04.2026.
O'qildi: 679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик