Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Afsonaviy Maldini terma jamoani keskin tanqid qildi

Afsonaviy Maldini terma jamoani keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -

Italiya futboli afsonasi, sobiq himoyachi Paolo Maldini Italiya terma jamoasining yaqindagi muvaffaqiyatsizligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Italiyaliklar qatorasiga uchinchi bor Jahon chempionatidan quruq qolishdi. Mundial yo‘llanmasi uchun kechgan hal qiluvchi bahsda «skuadra adzurra» penaltilar seriyasida Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi.

«Italiya terma jamoasi libosini kiyganingda, qalbingda faxr va tarixiy mas’uliyatni his qilasan. Bizning terma jamoamiz futbol olamidagi eng buyuk jamoalardan biri. Bitta Jahon chempionatini o‘tkazib yuborish — bu xavfli signal, ikkitasi — inqiroz, uchtasi esa — butkul muvaffaqiyatsizlik. Mening davrimda iste’dod qadrlanardi, lekin xarakter birinchi o‘rinda edi. Intizom, mehnatsevarlik, milliy ranglarga bo‘lgan hurmat — bularsiz iloji yo‘q. Bugungi kunda men bunday munosabatni ko‘rmayapman. Terma jamoa libosi uchun bor-budini berishga tayyor futbolchilarni ko‘rmayapman. Bosniyadan uchralgan mag‘lubiyat — bu shunchaki omadsiz natija emas, balki ichki tizimdagi chuqur muammolar ifodasidir. O‘zligini, g‘ururini va mas’uliyatini yo‘qotgan Italiya — bu endi haqiqiy Italiya emas», — deya «Milan» afsonasining so‘zlarini keltiradi Italiya OAVlari.

Ma’lumot uchun, Paolo Maldini 1988 yildan 2002 yilgacha milliy terma jamoa sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 13:23, 03.04.2026.
O'qildi: 589 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик