Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shlotterbek «Real»ga o‘tmoqchi: «Borussiya» uni sotishga majbur bo‘lishi mumkin

Shlotterbek «Real»ga o‘tmoqchi: «Borussiya» uni sotishga majbur bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek o‘z kuchini Madridning «Real» klubida sinab ko‘rmoqchi.

26 yoshli futbolchi «asalarilar» bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin edi, biroq yaqin kunlarda ma’lum bo‘lishicha, muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Shu tariqa, germaniyalik markaziy himoyachiga da’vogarlik qilayotgan klublar transfer kurashini qayta boshlashlari mumkin. Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Shlotterbekning o‘zi «Real»ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda — u «qirollik klubi» safiga qo‘shilishni orzu qiladi. Agar futbolchi mehnat shartnomasini uzaytirmaydigan bo‘lsa, «Borussiya» uni kelayotgan yozda taxminan 30 million yevro evaziga sotishga majbur bo‘ladi.

Transfermarkt ekspertlari Niko Shlotterbekning bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:25, 03.04.2026.
O'qildi: 961 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик