Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Nima bo‘lishidan qat’i nazar ketmayman»: De Dzerbi «Tottenxem»dagi kelajagi haqida gapirdi

«Nima bo‘lishidan qat’i nazar ketmayman»: De Dzerbi «Tottenxem»dagi kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi, agar «shporlar» Angliya Premyer-ligasini tark etsa ham, o‘z lavozimida qolishga va’da berdi, deb xabar qilmoqda BBC.

«Men besh yillik shartnomaga imzo chekdim, chunki bu men uchun katta sinov. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, kelasi mavsumda ham «Tottenxem» murabbiyi bo‘laman. «Tottenxem» faoliyatimdagi eng muhim chorlov bo‘lishi mumkin va men bu mas’uliyatni bo‘ynimga olishga tayyorman. Hozir klubdagi barcha uchun og‘ir damlar, lekin o‘ylaymanki, bizda bu qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun yetarlicha sifatlar mavjud», — deya De Dzerbining so‘zlarini keltiradi BBC.

De Dzerbi shu haftada «Tottenxem» bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Endi Robertoda «shporlar»ni APLda saqlab qolish uchun joriy mavsum yakuniga qadar yettita o‘yin bor. Mutaxassis o‘z futbolchilariga va o‘ziga ishonadi, biroq ruhan kelasi mavsumda Chempionshipda ishlashga ham tayyor.

Kiritildi: 13:50, 03.04.2026.
O'qildi: 559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик