Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa Bellingemning holati haqida gapirdi

Arbeloa Bellingemning holati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa yarim himoyachisi Jud Bellingemning jismoniy holati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Vaziyat biroz g‘alati, chunki u "Atletiko"ga qarshi bir necha daqiqa o‘ynagan edi, lekin Tuxel uni terma jamoada maydonga tushirmaslikka qaror qildi. Ular tavakkal qilishni xohlashmadi, lekin Jud ertaga bizga yordam berishga tayyor. Unga o‘yin tonusini tiklab olishi uchun imkoniyat berishimiz kerak", — deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Joriy mavsumda 22 yoshli Bellingem barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Real"ning navbatdagi o‘yini 4 aprel kuni "Malyorka"ga qarshi bo‘lib o‘tadi. La Liganing 30-turi doirasidagi ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 14:38, 03.04.2026.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик