Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa: "Ispaniya — irqchi mamlakat emas"

Arbeloa: "Ispaniya — irqchi mamlakat emas"

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Barselonada o‘tgan Ispaniya — Misr uchrashuvida yangragan "Kim sakramasa, o‘sha musulmon" qabilidagi hayqiriqlar yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

— Futbol jamiyatida irqchilik bilan bog‘liq muammo bormi?

"Men Ispaniyani irqchi mamlakat deb hisoblamayman. Agar shunday bo‘lganida, bizda har dam olish kunlari muammolar yuzaga kelgan bo‘lardi.

Ayrim alohida holatlarni — men o‘zgartira olmaydigan narsalarni tag-tubi bilan yo‘q qilish kerak. Lekin men buni himoya qilishda davom etaman. Ispaniya bunday ko‘rinishlarga qarshi kurashini davom ettirishi lozim, ammo biz — buyuk va juda bag‘rikeng davlatmiz.

Umumlashtirish kerak emas, biroq o‘sha kuch bilan kurashni davom ettirish zarur", — dedi Arbeloa.

Kiritildi: 16:04, 03.04.2026.
O'qildi: 656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик