Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta mart oyida APLning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Arteta mart oyida APLning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta mart oyi yakunlariga ko‘ra Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

«Arsenal» mart oyida Angliya chempionati doirasida o‘tkazilgan barcha uchta o‘yinda g‘alaba qozondi. Eslatib o‘tamiz, «kanonirlar» o‘z maydonida «Chelsi» (2:1) va «Everton»ni (2:0) mag‘lub etgan bo‘lsa, safarda «Brayton»dan (1:0) ustun keldi.

31-turdan so‘ng «Arsenal» 70 ochko jamg‘argan holda Premyer-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Manchester Siti» bilan oradagi farq to‘qqiz ochkoni tashkil etadi, biroq «shaharliklar» ixtiyorida bitta zaxira o‘yini mavjud.

4 aprel kuni Arteta shogirdlari Angliya Kubogi chorak finali doirasida safarda «Sautgempton»ga qarshi maydonga tushishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:24, 03.04.2026.
O'qildi: 556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик