Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola "Real" haqidagi mish-mishlar fonida Rodrining kelajagi haqida gapirdi

Gvardiola "Real" haqidagi mish-mishlar fonida Rodrining kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Rodrining kelajagi borasida fikr bildirdi.

Mutaxassis har ikki tomonning manfaatlaridan xabardor ekanligini ta’kidladi. Biroq Gvardiola futbolchi jamoada qolish-qolmasligi haqidagi savolga aniq javob bera olmadi.

«Men klub nimani xohlayotganini bilaman, u nimani xohlayotganini ham bilaman... Lekin keyinchalik nima bo‘lishini bilmayman», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda «Manchester Siti» rasmiy sayti.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Rodri yozda «Manchester Siti»ni «Real»ga almashtirishi mumkin. Madridliklar ushbu transfer imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqdalar. «Shaharliklar» esa futbolchini qo‘yib yuborish niyatida emas. Ingliz grandi o‘yinchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni ko‘zlamoqda.

Kiritildi: 18:08, 03.04.2026.
O'qildi: 1068 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик